Muhokamatul Lugʻatayn


Muqaddima: Takallum ahli xirmanining xoʻsha chini va soʻz, durri samini maxzanining amini va nazm gulistonining andalibi nagʻma saroyi, yaʼni Alisher almutaxallas bin-Navoiy… mundoq arz qilurkim, soʻz durredurkim, aning darʼyosi koʻnguldur va koʻngul mazharedurkim, jomii maoniyi juzv va kuldur. Andoqki, darʼyodin gavhar gʻavvos vositasi bila jilva namoyish qilur va aning qiymati javharigʻa koʻra zohir boʻlur. Koʻnguldin dogʻi soʻz durri nutq sharafigʻa sohibi ixtisos vasilasi bila guzorish va oroyish koʻrguzur va aning qiymati ham martabasi nisbatigʻa boqa intishor va ishtihor topar. Gavhar qiymatigʻa nechukki, marotib usru koʻpdur, hattoki, bir diramdin yuz tumangacha desa boʻlur.

Qitʼa:
Injuni olsalar mufarrih uchun,
Ming boʻlur bir diramgʻa bir misqol.
Bir boʻlur hamki, shah quloqqa solur:
Qiymati mulk, ibrasi amvol

Soʻz durrining tafovuti mundin dogʻi begʻoyatroq va martabasi mundin ham benihoyatroqdur.

Andoqki, sharifidin toʻlgan badangʻa ruhi pok etar, kasifidin hayotliq tangʻa zahri halok xosiyati zuhur etar.

Qitʼa:
Soʻz gavharidurki, rutbasining
Sharhidadur ahli nutq ojiz.
Andinki erur xasis muhlik,
Koʻrguzgucha durur Masih muʼjiz[
1].

Muhokamatul Lugʻatayn
Alisher Navoiy

Davomini O’qi>>>

Bir Yanıt

  1. i am looking the original copy of Muhakam tul lughatain which is written in Arabic manuscript any person/library have can send me of contact me on my mail ID turkistani.ughuz@gmail.com

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: