Ona Turkiston


Turon. Turkiston. Vatan. Ko‘z o‘ngimizda Turklarning qadimiyatdan Ona Yeri, Turk dunyosining tarixiy Vatani — salobatli jug‘rofiy hudud namoyon bo‘ladi. Turkiston g‘oyasi xalqlarimizning azaliy muqaddas orzusi, milliy mafkurasidir.

Bukun Turkiston mavzuida izchil ijod qilayotgan shoir — Rauf Parfi O‘zturkdir.

Ushbu to‘plamdagi she’rlarining aksariyati bir paytlar, zamona zayli bilan «tuzatilgan» holda chop etilgandi. Shoir asl matnni tiklab diqqatingizga havola qilmoqda. 1993 yil 27 sentyabrda R.P.O‘zturk o‘zining ellik yoshini nishonladi. Shu munosabat ila «Ona Turkiston» (qirq she’r) to‘qqizinchi kitobi chin yurakdan O‘zbekiston Istiqloliga, o‘z o‘quvchilariga, Sizga bag‘ishlaydi.

’’Bir umr Turkiston istiqloli uchun kurashib yashayotgan muhtaram ustod’’
Boymiro Hayit
’’Sharafiga ta’zim ila Iymonidir turknin Turkiston.’’
Ahmad Yassaviy
’’Go‘zal Turkiston, sanga na bo‘ldi?’’
Abdulhamid Cho‘lpon
’’Tushummu yo o‘ngimmu bilmadim xalqim ado bo‘ldi, Halokat maydoninda Turkistonimda ayrildim.’’
Abdurahmon Vodiliy 

Vatan
Daryo kabi doimo uyg‘oq,
Intilishim tog‘ qadar baland,
Olis yo‘lga otlandim, biroq,
Mehrim bilan, muhabbat bilan,
Ey ko‘nglimga tugilgan Vatan.
Xotiralar so‘zlar har bir tosh,
Esdaliklar yog‘adi osmon.
Tiriklikning shohidi Quyosh
Eslamakdan tinmaydi hamon.
Oh, Turkiston, Ona Turkiston.
Chaqiradi tog‘lar, daryolar,
Yana yo‘lga chorlaydi meni.
Meni chorlab quyoshlar yonar —
O‘rganadir yonish ilmini.
Chaqiradi tog‘lar, daryolar.
Hali oldda qanchalar dovon,
O‘tgunimcha to uni bosib,
So‘zla, nahot bitadir darmon
Ko‘zlarimning tugar ziyosi?!
Hali oldda qanchalar dovon…
Oh, Turkiston eng achchiq bo‘sa
Kabi lablarimda urinding.
Men olisga otlanar bo‘lsam
Kuygan yurak bo‘lib ko‘rinding.
Oh, Turkiston, Ona Turkiston.
Daryo kabi doimo uyg‘oq
Intilishim tog‘ qadar baland.
Olis yo‘lga otlandim, biroq
Senga bo‘lgan sadoqat bilan,
Ey, ko‘nglimga yo‘g‘rilgan Vatan.

Davomini O’qi>>>

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: