Valfajr


Muallif haqida
“Men sizni Vatan uchun o‘lishga davat qilayotganim yo‘q, sizni Vatan uchun yashashga chaqiryapman.Vatan uchun yashash – uning uchun o‘lishdan qo‘rqmaslikdir”

Muhammad Solih

Gorbachev boshlab bergan “Perestroyka” davrida siyosatga kirgan Muhammad Solih mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh – yozuvchilar siyosat bobida tajribasiz edilar. Ular siyosiy o‘yinlarni bilmas va tez-tez pixini yorgan kommunistlarning tuzog‘iga tushardilar. Muhammad Solih “Birlik” harakatini tashkil etganlarning boshida keladi. Harakat qurilayotgan paytda tan olingan antikommunist bo‘lgan bu kishining atrofini kommunistlar o‘rab olgan edi. Muhammad Solih kommunistlarni yo‘q qilish tarafdori emasdi. Bu xususda nutq qilib,”kommunistlar alohida bir irq emas, ular bizning og‘a-inilarimiz, opa-singillarimizdir, biz ular bilan birga o‘lkamizning mustaqilligi uchun kurashmog‘imiz kerak”, degandi.

Ammo KGB mustaqillik tarafdori bo‘lgan bu milliy shuurni obro‘sizlantirish uchun allaqachon harakatga kechgan edi. KGBning bu kampaniyasi Muhammad Solihga qarshi yozilgan “Dvoynoy standart chestnogo Muxammada” (15 dekabrya, 1988 g, “Pravda Vostoka”) maqolasi bilan mashru holga keldi. Maqolada Solih “Nьyu York Tayms” gazetasiga bergan intervyusida paxta monokulturasi va Moskvaning yerli xalqlarga qarshi mustamlaka siyosati haqidagi fikrlari uchun qattiq qoralagandi.

Nьyu York Tayms shunday deb yozdi: “O‘zbek yozuvchilari, iqtisodchilar va maьmurlardan tashkil topgan kichik bir guruh O‘zbeksitonning Moskva uchun bir paxta plantatsiyasi ekanligi masalasini ko‘tardilar. Shoir va Yozuvchilar Uyushmasi sekretari Muhammad Solih bizga shunday dedi: Fojia Stalinning mamlakatni paxta mustaqilligi bilan taьminlash g‘oyasidan boshlandi. Bu paxta mustaqilligi O‘zbekiston uchun haqiqiy qullikka aylandi.” (The New York Times, 06.11.1988, Bill Keller)

1988 yilda bunday fikrlarni aytish uni aytgan odam uchun tahlikali sanalardi. Muhammad Solihning shu so‘zlariga eьtibor bering: “Men mashhur bo‘lish uchun siyosatga kirmadim. Aksincha, mashhur bo‘lganim uchun siyosatga kirishga majbur bo‘ldim. Hech qachon hech kim bilan raqobat, musobaqa qilmadim, hamisha Ollohning menga yozgan taqdiridan minnatdor bo‘ldim. Raqobat, hasad bechora va inonchsiz insonlarning qismatidir. Ollohga shukrlar bo‘lsinki, kamina bu dunyoda nima qilishini va nima uchun qilishini doim bildi. Va o‘zimning qilayotgan ishimni hech qachon ikkinchi darajali ish deb hisoblamadim. She‘r yozgan paytlarimda men uchun she‘riyat dunyoda eng muhim va eng oliy maslak edi. Endi siyosat haqida shunday fikrdaman. Siyosatni “fohishalik” deb atab, yana o‘sha siyosat bilan shug‘ullanishda davom etgan siyosatchilardan nafratlanaman. Afsuski, bunday tsinizm sobiq sovet o‘lkalarining siyosiy elitasi ichida tobora yoyg‘inlashmoqda. Imperiyaning og‘ir bosimidan kutilmaganda, daf‘atan qutilgan bu siyosatchilar aql va vijdon muvozanatini yo‘qotib qo‘ydilar. Ular kutilmaganda boshlariga qo‘ngan ozodlik qushining xo‘sh bo‘ylaridan sarhush bo‘ldilar, mastu-alast bo‘ldilar. Va o‘z xalqlariga qarshi jinoyat ishlay boshladilar …” (Muhammad Solih, “Otryaxnuv s dushi pыlь”, Emigrantskoye izdaniye “Tsentralьnaya Aziya”, 1996 god, Shchvetsiya)

Muhammad Solih shunday deydi: “1992 yil avgustidan to 1993 yil bahorigacha KGB tarafidan davomli kuzatuv ostida yashadim va deyarli hech bir faoliyat ko‘rsatolmadim. Gazetalarimizni chiqishdan to‘xtatgandilar. Xalq bilan uchrashuvga yo‘l qo‘yishmas, borgan joyimizda provokatsiyalar uyushtirib, janjal chiqarishardi”.

1993 yil fevral oyida Baxtiyor Isobekning “Erk yo‘lida” degan kitobi bosilib chiqdi. Chet elda bosilgan bu kitobning bir necha yuz nushasi Toshkentda tarqatildi. Kitob “Erk” partiyasining qisqacha tarjimai holini bayon qilardi. 1993 yil aprel oyining boshida o‘sha kitob uchun Muhammad Solihni hibsga olishdi.

“Yo‘lnoma” kitobida yozilishicha, Muhammad Solihni Ichki ishlar Vaziri suhbatga chaqiradi, Vazir Almatov  ba‘zi odamlarning chaqimchiligi tufayli hukumat Muhammad Solih haqda yomon fikrga borayotganini aytadi. Agar vaqtingiz bo‘lsa, pastda shahar prokurori Jo‘rayev o‘tiribdi, uning ba‘zi savollariga javob berib ketsangiz yaxshi bo‘ladi, deydi. Solih pastga tushadi, u yerda Prokuror Jo‘rayev so‘rog‘idan keyin, kechasi soat birda, Muhammad Solihni ichki ishlar Vazirligining butun Sovetlar Ittifoqiga dong‘i ketgan yerto‘lasiga tushiradilar… Yertulada to‘rt kun qoldi. To‘rtinchi kun, chet el jamoatchiligi tazyiqi ostida Solihni yerto‘ladan chiqarishadi.

Solihnning atrofidagi iskanja halqasi tobora toraymoqda edi….Amerikalik tadqiqotchi Ruf Dibler shunday deb yozadi: “1993 yil martida Muhammad Solih yashirin tarzda Qozog‘istonga yo‘l oldi va u yerda o‘zining “Davlat sirlari” pamfletlar kitobini chop etdi. Toshkentga qaytgach, “joyidan jilmaslik” haqidagi tilxatini buzganligi uchun ustidan yana bitta jinoiy ish qo‘zg‘atilganidan xabardor bo‘ldi. “Avval Turkiya (1993), so‘ngra Germaniyaga (1994) quvg‘in qilingan Solih “Nurafshon kunlar sari” nomli mashhur chiqishlaridan birida xalqni ozod yashab, hur fikrlashga chaqirarkan, nurafshon kunlar, O‘zbekiston hur va demokratik bo‘lishiga umid bilan yashash kerak deydi… Xiyobonning to‘rida tanho va mag‘rur, o‘z xayollari bilan band yashayotgan haykal misol, Solih ham shuhrat va mashhurlik mevasini tatib ko‘rdi… Ammo bugun u yolg‘iz va quvg‘indadir.

( Ruth Diebler Literature and Politics: Mohammed Salih and Political Change in Uzbekistan From 1979 to 1995 , Indiana University, Bloomington – 1996)

Davomini Oqi >>>

Yorum bırakın